“5+1” format-ta’lim sifatini oshirishning muhim sharti

“5+1” format-ta’lim sifatini oshirishning muhim sharti

 

Bugun, 3-dekabr kuni "Sug‘urta va pensiya ishi" kafedrasining “Uzbekinvest” sug‘urta kompaniyasidagi filialida Toshkent moliya instituti talabalari uchun navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

 

Kompaniya bosh buxgalteri o‘rinbosari I.Qahharov “Sug‘urtada buxgalteriya hisobi-hisoboti va uning mohiyati” mavzusidagi ma’ruzasida real vaqt rejimida “1C buxgalteriya” dasturida xo‘jalik va moliyaviy operatsiyalarni aks ettirishning o‘ziga xos xususiyatlarini atroflicha yoritib berdi.



 

O‘quv mashg‘uloti institut talabalari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

 

Haftaning har shanba kunlari Sug‘urta va pensiya ishi kafedrasining “Uzbekinvest” sug‘urta kompaniyasidagi filialida tashkil etiladigan o‘quv mashg‘ulotlarida sug‘urta sohasiga qiziqadigan institutning barcha talabalari ishtirok etishi mumkinligini ma’lum qilamiz.

 

Ma’lumot olish uchun Sug‘urta va pensiya ishi kafedrasiga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

19:20 / 2022-12-03
Success helper
Success warning