TA’LIM SIFATINI OSHIRISH SIYOSATI - AMALDA

TA’LIM SIFATINI OSHIRISH SIYOSATI - AMALDA

 

Joriy yilning 29 aprel kuni “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasida tashkil etilgan “Sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasi filialida tasdiqlangan o‘quv dasturi asosida Soliqlar va sug‘urta fakultetining “Sug‘urta ishi” ta’lim yo‘nalishida o‘qiydigan 1-kurs, SS-70 va SS-71 guruhlari talabalari uchun "Eksport kaltisliklarini sug‘urtalash va sug‘urta polislarini sotish texnologiyasi" mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. O‘quv mashg‘ulotida kafedra dotsenti v.b S.Matiyazova ishtirok etdi.




 

 O‘quv mashg‘ulotida kompaniya Bosh menejeri B.Jumabaev taqdimot qildi. Unda "Eksport kaltisliklarini sug‘urtalash va sug‘urta polislarini sotish texnologiyasi" mavzulsi talabalar e’tiboriga havola etildi. Kafedra filiali tomonidan tashkil etilayotgan bunday o‘quv mashg‘ulotlari talabalarga oliygohda olgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lashga,kasb ko‘nikmalariga ega bo‘lishga hamda kelgusida Respublika sug‘urta bozoriga yetuk soha mutaxassislarini tayyorlab berishda alohida ahamiyat kasb etmoqda.

08:00 / 2023-05-01
Success helper
Success warning