Talabalarning zamonaviy bilim va amaliy koʻnikmalarini shakllantirish xalqaro tajribalarga asosan takomillashtirilmoqda

Talabalarning zamonaviy bilim va amaliy koʻnikmalarini shakllantirish xalqaro tajribalarga asosan takomillashtirilmoqda

 

Toshkent moliya institutida talabalar tomonidan tayyorlanayotgan kurs ishi va malakaviy amaliyoti hisobotlarining sifat va samaradorlik koʻrsatkichlarini oshirish hamda talabalarda zamonaviy bilim va amaliy koʻnikmalarni shakllantirish maqsadida joriy yil 25-noyabrdan 29-noyabrga qadar mutaxassis tayyorlovchi kafedralar tomonidan ilgʻor xorij tajribasi asosida kurs ishi hamda malakaviy amaliyot hisobotlarini noanʼanaviy usulda tayyorlash boʻyicha tayyorlangan uslubiy koʻrsatmalar taqdimoti tashkil etildi.

Mazkur taqdimotlarda institut Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori, Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi, fakultet dekanlari va mutaxassislik kafedralari mudirlari ishtirok etdi.





 

Tadbir davomida kurs ishi va malakaviy amaliyot hisobotlarini ilgʻor xorij tajribalari asosida tayyorlash boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar yaratish yuzasidan oʻzaro fikrlar almashildi.

19:54 / 2022-11-26
Success helper
Success warning