Ta’lim sifatini oshirishning muhim sharti

Ta’lim sifatini oshirishning muhim sharti

 

“Sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasining 2023-yilga mo‘ljallangan ta’lim sifatini oshirish siyosatida belgilangan vazifalar doirasida 2023-yil 27-mart kuni “APEX LIFE INSURANCE” sug‘urta kompaniyasi mas’ul xodimlari F.Zufarov va I.Ismatov tomonidan mazkur kompaniyaning faoliyat yo‘nalishlariga bag‘ishlangan mahorat darsi tashkil etildi.

Soliqlar va sug‘urta fakultetining “Sug‘urta ishi” ta’lim yo‘nalishi 3-kursida o‘qiyotgan talabalar hamda “Sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari qatnashgan ushbu mahorat darsida amaliyotchi mutaxassislar “APEX LIFE INSURANCE” sug‘urta kompaniyasi tomonidan aholi, korxona va tashkilotlarga taqdim etilayotgan sug‘urta mahsulotlari, so‘nggi 4 yilda kompaniya faoliyatining rivojlanishiga doir asosiy statistik ko‘rsatkichlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdilar.

 

“APEX LIFE INSURANCE” sug‘urta kompaniyasining uzoq muddatli oila takaful sug‘urta dasturlari, og‘ir kasalliklardan sug‘urta qilish va xalqaro tibbiy sug‘urta mahsulotlari talaba-yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
 

Tadbir ta’lim va amaliyot o‘rtasidagi integratsiyani yanada kuchaytirishga xizmat qilishi bilan bir qatorda ta’lim sifatini oshirishning muhim sharti ekanligi bilan ahamiyatlidir. Shuni e’tiborga olgan holda “Sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasi bundan keyin ham amaliyotning tajribali va yetuk mutaxassislari ishtirokida institut talabalari uchun mahorat darslari tashkil etishni davom ettiradi.

 

09:35 / 2023-03-28
Success helper
Success warning