“Inson huquqlari bilimdoni - 2023” koʻrik-tanlovi tashkil etilmoqda

“Inson huquqlari bilimdoni - 2023” koʻrik-tanlovi tashkil etilmoqda

 

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-maydagi “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 75 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida” gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Inson huquqlari bilimdoni” koʻrik-tanlovi tashkil etilmoqda. 

 

Dastur talabalar o‘rtasida inson huquqlari sohasidagi nazariy va amaliy bilimlarini koʻrsatish hamda amaliyotda qoʻllashga qaratilgan ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirishga va inson huquqlari boʻyicha huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan. Koʻrik-tanlov talabalarni inson huquqlari boʻyicha bilimi, ularning ilmiy adabiyot, shu jumladan, chet el davriy nashrlarini hamda ilmiy tadqiqotlarning zamonaviy usullarini o‘rganganlik darajasini aniqlash doirasida tuzilgan boʻlib, unda nominatsiyalar gʻoliblarini aniqlash jarayoni quyidagi shaklda oʻtkaziladi:

1.  Koʻrik-tanlovning “Eng yaxshi inson huquqlari bilimdoni” nominatsiyasi - 50 ta savoldan iborat test sinovi shaklida tasdiqlash. Har bir toʻgʻri javobga 2 balldan baholash tartibini oʻrnatish.

2.  Koʻrik-tanlovning “Eng yaxshi inson huquqlari universal shartnomalari bilimdoni” nominatsiyasi - 30 ta savoldan iborat test sinovlari va yozma insho (esse) shaklida joriy etish.

3. Koʻrik-tanlovning “Eng yaxshi inson huquqlari sohasidagi qonunchilik takliflari” nominatsiyasi - MS PowerPoint programmasi orqali prezentatsiya shaklida hamda yozma insho (esse shaklida) qabul qilish.

4.  Koʻrik-tanlovning “Eng yaxshi innovatsion gʻoya muallifi”  nominatsiyasi - aholiga qulaylik yaratish yoʻnalishida yaratilgan gʻoyalar tanlov hayʼati tomonidan baholanadi.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun murojaat: +998 93 500 02 42 



Tanlov nizomi (PDF) 

15:41 / 2023-11-27
Success helper
Success warning