Toshkent moliya institutida savlov oldi tadbirlari bo'lib o'tdi

Toshkent moliya institutida savlov oldi tadbirlari bo'lib o'tdi

2021-yil 20-sentyabr kuni Toshkent moliya institutining “Soliqlar va sugʻurta” fakultetida “Kafedra haftaliklari” doirasida “Adolat” sotsial demokratik partiyasining Toshkent shahar Kengashi raisining oʻrinbosari Omonov Odiljon Karimovich ishtirokida tadbir amalga oshirildi.

 

Tadbirda fakultet talabalariga bu yilgi saylovlar oldingi saylovlardan nimasi bilan farq qilish, partiyaning saylov oldi dasturi, partiyaga aʼzo boʻlishning afzalliklari, partiyaning saylov oldi dasturlarida yoshlar bilan bogʻliq muammolarning istiqboldagi yechimlari boʻyicha maʼruza qilindi.  


Tadbir davomida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollari bilan faol ishtirok etishdi.

 

 

 

 

 

18:32 / 2021-09-20
Success helper
Success warning