“Ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha kafedraning ustuvor yo‘nalishlari” taqdimoti o‘tkazildi
2024-yil 5-yanvar kuni “Moliya” fakulteti “Statistika va ekonometrika” kafedrasi mudiri B.Utanov tomonidan 2023-yilda belgilangan “Ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarning bajarilishi” hisoboti hamda 2024-yil uchun yangilangan “Ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha kafedraning ustuvor yo‘nalishlari” taqdimoti o‘tkazildi.
Xususan, hisobotda institut rahbariyati tomonidan joriy yil uchun ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan chora tadbirlar va ularning kafedrada bajarilish holatiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘z navbatida kafedra professor-o‘qituvchilarning 2024-yil uchun ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha takliflari ham eshitildi.