TMI vakillariga Janubiy Koreyaning Kyungdong universiteti "Faxriy professori" unvoni berildi
Xabar berganimizdek, ayni vaqtda Toshkent moliya instituti vakillari amaliy tashrif bilan Janubiy Koreyaning Kyungdong universitetida bo‘lib turibdi.
Mazkur tashrif davomida Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori Sh.Sindarov hamda Magistratura va kechki ta’lim fakulteti dekani J.Karimqulovga Janubiy Koreyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri - Kyungdong universiteti "Faxriy professori" unvoni berildi.
O‘z o‘rnida, mezbon oliygoh rahbariyatiga Toshkent moliya instituti rektorining tabrik va samimiy tilaklari yetkazildi.
Ma’lumot uchun aytish joizki, Kyungdong universitetida 10000 dan ortiq talabalar o‘qiydi. Shuningdek, mazkur universitetda 1500 dan ortiq xorijiy talabalar tahsil oladi. Ushbu universitet Janubiy Koreya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida "Bitiruvchilarni ishga joylashtirish" ko‘rsatkichi bo‘yicha 1-o‘rinda turadi.