TMI vakillarining Polotsk Davlat universitetiga tashrifi
TMI-PDU qo‘shma fakultetida 2 yil tahsil olgan talabalar 3-bosqichda o‘qishini hamkor Polotsk Davlat universiteti bazasida amalga oshirilishi belgilangan.
Bugungi kunda prorektor Sh.Sindarov hamda fakultet dekani T.Baymuratov hamkorlikni yana-da kengaytirish, talabalarni Belarus davlatiga borib joylashishi, o‘qish va yashash sharoitlarini o‘rganish hamda har tomonlama amaliy ko‘mak berish maqsadida Polotsk shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Maʼlumot o‘rnida aytish kerakki, 2019 - yilda Toshkent moliya instituti hamda Belarus Respublikasining Polotsk davlat universiteti hamkorligida TMI-PDU qo‘shma fakulteti tashkil etilgan.
Qo‘shma fakultet “Buxgalteriya hisobi va audit”, “Moliya va moliyaviy texnologiyalar”, “Bank ishi va audit”, “Elektron tijorat”, “Biznes-tahlil” kabi bir nechta taʼlim yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, darslar rus tilida olib boriladi.