Toshkent moliya instituti delegatsiyasi Belarus davlat informatika va radioelektronika universitetiga tashrif buyurdi
Joriy yilning 15-noyabr kuni Toshkent moliya instituti rektori T.Z.Teshabayev boshchiligidagi institutimiz delegatsiyasi Belarus davlat informatika va radioelektronika universitetiga tashrif buyurdi.
Mazkur tashrif davomida BDIRU rektori V.Bogush bilan taʼlim sohasidagi hamkorlik yuzasidan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda ikki tomon vakillari oliygohlar oʻrtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.
Xususan, mazkur amaliy uchrashuvda tomonlarning hamkorlik samarasini yanada oshirish, birgalikdagi ilmiy, pedagogik faoliyatni kengaytirish, shuningdek, TMI-BDIRU oʻrtasida magistratura mutaxassisliklari boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlari muhokama qilindi.
Hamkorlik boʻyicha uchrashuvlar davom etmoqda...