“TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoniga start berilmoqda
Toshkent moliya instituti qoshidagi “Digital Finance” inkubatsiya va akseleratsiya markazi tomonidan “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoniga start berilmoqda.
Marafon doirasida talabalar oʻzlarining biznes loyihalarini, startaplari va tayyor ishlanmalari bilan qatnashishlari mumkin. Marafon institut bosqichida oʻtkazilib, umumiy hisobda 5 ta gʻoliblar shahar bosqichiga tavsiya etiladi hamda pul mukofoti yoki esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadilar.