Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun suhbat jarayoni davom etmoqda
Xabar qilganimizdek, joriy yilning 10-avgustidan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni 2022/2023 oʻquv yilida Toshkent moliya institutining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining 2-bosqichiga oʻqishga qabul qilish uchun suhbat jarayoni boʻlib oʻtmoqda.
Bugun, 16-avgust kuni ham Toshkent moliya institutida “Buxgalteriya hisobi va audit” (tarmoqlar boʻyicha) taʼlim yoʻnalishi boʻyicha navbatdagi suhbat jarayoni boʻlib oʻtdi.
Taʼkidlash joizki, mazkur jarayonni shaffof, xolis oʻtkazish maqsadida institutda toʻgʻridan-toʻgʻri jonli translyatsiya qilinib, texnikum bitiruvchilarining ota-onalar va yaqinlari bevosita kuzatib borish imkoniyati yaratilgan.
Texnikum bitiruvchilarining natijalari shu kunning oʻzida, suhbat jarayoni yakunlangandan eʼlon qilinmoqda. Texnikum bitiruvchilarining ota-onalar va yaqinlari tomonidan suhbat jarayoni adolatli, shaffof oʻtkazilayotganligi eʼtirof etildi.
Suhbat jarayoni jadval bilan tanishish: http://qabul.tfi.uz/?p=237