Til-millat ma’naviyatining muqaddas timsoli
Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi qoshidagi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati bilan hamkorlikda “Til-millat ma’naviyatining muqaddas timsoli” mavzusida ilmiy-ma’rifiy anjuman bo’lib o’tdi. Tadbir mexmonlari “Ma’rifat” targ‘ibotchilar bo‘lim boshlig‘i Malika Abduhakimova, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, “Sharq yulduzi” jurnali bosh muharriri Sirojiddin Rauf, shoir va publistist Zikrilla Ne’matov, Muqumiy nomidagi O‘zbekiston musiqali drama teatri aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mehmonali Salimov, taniqli kinoaktrisa, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Barno Qodirova davlat tilini ulug‘lab chiqishlar qildilar. “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan mazkur anjumanda Ona tilimiz - O‘zbek tilining naqadar boyligi va ulug‘ligi madh etildi. |