Psixologik bilimlar yordamida vaqtni boshqarish mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir

Psixologik bilimlar yordamida vaqtni boshqarish mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir

2022-yil 13-oktyabr kuni Toshkent moliya institutining “Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi tomonidan “Byudjet hisobi va gʻaznachilik” fakultetida kafedra haftaliklari doirasida “Psixologik bilimlar yordamida vaqtni boshqarish” mavzusida maʼnaviy- maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
 

Tadbirga Milliy olimpiya qoʻmitasi Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazi psixologi, PhD, falsafa fanlari doktori d.R.Abdumajitova taklif qilindi. Psixolog d.R.Abdumajitova “Psixologik bilimlar yordamida vaqtni boshqarish” mavzusida maʼruza qildi.




Tadbirda “Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” pedagog-xodimlari, “Byudjet hisobi va gʻaznachilik” fakulteti tyuterlari va “Byudjet hisobi va gʻaznachilik” fakulteti talaba-yoshlari qatnashdilar.

 

Tadbir juda qiziqarli va sermazmun oʻtdi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib , oʻz savollariga mazmunli javob oldilar.

09:51 / 2022-10-14
Success helper
Success warning