TMI-PDU da “Zakovat’’ intellektual o’yini tashkil etildi
Eng katta boylik - bu aql zakovat va ilm, eng katta me’ros- bu yaxshi tarbiya va eng katta qashshoqlik-bilimsizlikdir!
Mamlakatimizda xalq farovonligi, ayniqsa, yoshlar ta’lim-tarbiyasiga qaratilayotgan e’tibor yildan-yilga kuchaytirilmoqda. Shu jumladan, Toshkent moliya instituti “Qòshma fakulteti’’ 1-kurs talabalari o’rtasida 3-dekabr kuni “Zakovat’’ intellektual o’yini tashkil etildi.
Ushbu intellektual o’yinda talabalarga mantiqiy va qiziqarli savollar berildi.
Bu o‘yinda 4 ta jamoa ishtirok etdi:
Moliya va moliya texnologiyalari
Bank ishi
Biznes tahlil
Buxgalteriya hisobi va audit.
4 ta jamoa ichidan 🥇1-o'rinni "Biznes tahlil" jamoasi egalladi.