TMI talabasi jahon chempioni!
#bizning_iftixorimiz
2021- yil Qirgʻiziston Respublikasida sportning WUCSA turi boʻyicha oʻtkazilgan Jahon chempionatida “Buxgalteriya va audit” fakulteti talabasi Alimov Rahimjon Alijonovich faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritib, jahon chempionligini qoʻlga kiritdi.
Yurtimiz bayrogʻini yuqorilarga koʻtargan faxrimiz Rahimjon Alimovni va uning murabbiyi – Ablakulov Murodjon hamda “Jismoniy tarbiya va sport” fani oʻqituvchisi Fahriddin Karimovni barcha institut jamoasi nomidan qutlaymiz va sportchimizni bundan keyin ham jahon shohsupalarining eng yuqorisida turishini tilab qolamiz.