O‘zbekiston-Tojikiston hamkorlikdagi qo‘shma taʼlim dasturi: dastlabki amaliy natijalar va istiqbol
Bugungi kunda Toshkent moliya instituti qator xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini rivojlantirish borasida samarali va maqsadli saʼy-harakatlar amalga oshirmoqda. Xususan, ushbu yo‘nalishda Tojikiston Davlat huquq, biznes va siyosat universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma taʼlim dasturi doirasida bugungi mehnat bozorining zamonaviy talablariga muvofiq raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash borasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Markaziy Osiyoning yetakchi oliy taʼlim muassasalaridan sanaladigan ushbu taʼlim muassasalari o‘rtasidagi kelishuvga asosan qo‘shni mamlakatlarning taʼlimni tashkil etish borasidagi tajribasi uzviyligi negizida TMI-TDHBSU qo‘shma fakulteti tashkil etilgan edi.
Hamkorlarning kelishuvga binoan, Tojikiston Davlat huquq, biznes va siyosat universitetida dastlabki ikki o‘quv yilida muvaffaqiyatli tahsil olgan hamda 12 nafar talaba “1+3” qo‘shma taʼlim dasturiga muvofiq 2023/2024 o‘quv yilida qo‘shma taʼlimning uchinchi bosqichini Toshkent moliya institutida boshladi.
Muloqot yakunida TMI-TDHBSU qo‘shma fakultetining 3-kurs talabalariga institut brendini o‘zida aks ettiruvchi kostyumlar rektor T.Teshabayev tomonidan sovg‘a qilindi.
TMI-TDHBSU qo‘shma fakultetining Tojikiston Davlat huquq, biznes va siyosat universitetidan tashrif buyurgan talabalar, o‘z navbatida, institutda ular uchun yaratilgan qulay shart-sharoit va imkoniyatlardan hamda o‘quv jarayonlari yuqori saviyada tashkil etilganligidan mamnun ekanligini qayd etishdi.