Talabalarimiz uchun "Trastbank" XAB Raqamli filialida “Umumjahon pul haftaligi” doirasida master-klass o‘tkazildi

Talabalarimiz uchun "Trastbank" XAB Raqamli filialida “Umumjahon pul haftaligi” doirasida master-klass o‘tkazildi

Joriy yilning 5-aprel kuni "Trastbank" XAB Raqamli filialida Toshkent moliya instituti "Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari" taʼlim yo‘nalishi talabalari uchun master-klass o‘tkazildi.

 

Unda bank xodimlari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirda «Trastbank» XAB Raqamli filiali boshqaruvchisi A.Nurmuratov mijozlarga ko‘rsatilayotgan masofaviy bank xizmatlarini uzluksiz ravishda amalga oshirish, kredit va boshqa operatsiyalar bilan bog‘liq bank xizmatlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarishda tezkorlikni oshirishda raqamli bankning ahamiyati kabi jihatlarga urg‘u berdi.

 

 

 

Qolaversa, Raqamli filiali tomonidan zamonaviy innovatsion texnologiyalarga asoslangan, masofadan turib mijozlarning elektron to‘lovlariga xizmat ko‘rsatadigan, shu jumladan, mobil ilovalar orqali o‘tkazishga sharoit yaratadigan yangi bank xizmatlari (mahsulotlari) yaratilayotganini taʼkidladi.

 

 

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Master-klass talabalarning Raqamli bank sohasidagi bilimlarini yana-da boyitishga xizmat qildi.

11:23 / 2023-04-06
Success helper
Success warning