1-kurs talabalariga kredit-modul tizimi va Hemis platformasi bo‘yicha o‘quv-trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Toshkent moliya institutining 1-kurs akademguruh talabalariga Axborot texnologiyalari markazi bo‘limi boshlig‘i Z.Ziyadullayev, Tarmoqlarni boshqarish bo‘limi boshlig‘i S.Ziyodullayev va dekan o‘rinbosarlari tomonidan Kredit-modul tizimi va Hemis platformasi bo‘yicha o‘quv-trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
O‘quv mashg‘ulotlari davomida kredit tizimi o‘zi nima?, kredit-modul tizimi qanday tamoyillar asosida qurilgan?, tizim qanday ehtiyojlar asosida paydo bo‘lgan?, modul tizimi mamlakat oliy ta’lim tizimiga nimalarni beradi?, tizimda o‘quv dasturlari qanday yaratiladi? kabi ma’lumotlar 1-bosqich talabalariga atroflicha tushuntirildi.
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab kredit-modul tizimiga ixtisoslashgan, yangi ishga tushirilgan Hemis elektron platformasidan foydalanish qoidalari va afzallik jihatlari haqida ham soha mutahasislari axborot berdilar.
Trening mashg‘uloti yakunida 24/7 rejimida ish faoliyati tashkil etilgan, talabalar tomonidan savollar yoki tushunmovchiliklar paydo bo‘lgan taqdirda murojaat qilishlari mumkin bo’lgan https://t.me/TFI_HEMIS kanali va https://t.me/HEMISSupportBot telegram bot haqida ma’lumotlar yetkazildi.