Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Turizm va Madaniy Meros vazirligi tomonidan oʻtkazilgan turizm haftaligi
Joriy yil 12-oktabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Turizm va Madaniy Meros vazirligi tomonidan oʼtkazilgan turizm haftaligi yarmarkasida Toshkent moliya instituti Iqtisodiyot fakulteti “Menejment va marketing” kafedrasi professor-oʼqituvchi va talabalari tomonidan “Turizmga sayyohlarni jalb qilishda milliy hunarmandchilik mahsulotlari brendining axborot platformasini yaratish” mavzusidagi loyihaning taqdimoti oʻtkazildi.
Taʻkidlash joizki, mazzkur haftalik tashkil etilishining maqsadi – mamlakatimizdagi turizm salohiyatidan samarali foydalanish, dunyo sivilizatsiyasining muhim markazlaridan biri sifatida namoyon qilishda turizm xizmatlarini diversifikatsiyalash va turizm eksportini yuksaltirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish usullarini kengaytirish.
Toshkent moliya instituti vakillari tomonidan taqdim etilgan loyihaning maqsadi esa, hunarmandchilik mahsulotlarini targʼib qilish asosida milliy hunarmandchilik brendini shakllantirish va turistik mahsulotlar jozibadorligini oshiruvchi axborot platformasini yaratishdagi ishlarni olib borilishi hamda ularning natijalarini joriy etilishini koʼrsatib oʼtishdi.