AQSH elchixonasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

AQSH elchixonasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi


Joriy yilning 4-aprel kuni AQSHning Oʻzbekistondagi elchisi maslahatchisi Harris Lipssomb boshchiligidagi delegatsiya vakillari Toshkent moliya institutiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni institut rektori, professor T.Teshabayev qabul qildi.














Uchrashuvda AQSH hukumati tomonidan global miqyosda qoʻllab-quvvatlanadigan taʼlim grantlari va loyihalari boʻyicha hamkorlik aloqalarini kengaytirish istiqbollari muhokama etildi.







Elchixona vakillari tomonidan AQSH hukumati tomonidan global miqyosda qoʻllab-quvvatlanadigan taʼlim grantlari va loyihalari boʻyicha  maʼlumotlar berildi. Uchrashuvda AQSH hukumatining Fulbright (Fulbright scholarship) stipendiyasi dasturi orqali oʻqituvchilar almashinuvi doirasida AQSHning Chikago shtatida joylashgan Shimoliy-Sharqiy Illinoys universiteti professori Nont Dhiyensiri tomonidan 1 oy davomida TMI talabalari va professor-oʻqituvchilari uchun mashgʻulotlar olib borilishi aytib oʻtildi.





 

19:00 / 2023-04-04
Success helper
Success warning