Doktorantlarni qiziqtirayotgan ilmiy yoʻnalishlarga bagʻishlangan uchrashuv tashkil etildi

Doktorantlarni qiziqtirayotgan ilmiy yoʻnalishlarga bagʻishlangan uchrashuv tashkil etildi


Joriy yil 6-aprel kun Toshkent moliya institutida doktorantura kirish uchun magistratura talabalariga yaratilayotgan shart-sharoitlar, imtiyozlar, imkoniyatlar, shuningdek, doktorantlarni qiziqtirayotgan ilmiy yoʻnalishlarga bagʻishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Unda institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor A.Islamkulov, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining masʼul xodimi B. Pirmatov, professor-oʻqituvchilar, doktorantlar hamda magistrantlar qatnashishdi.








Tadbirda soʻzga chiqqan B. Pirmatov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 304-son Qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyuldagi “Oliy  malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 606-son Qarori,  Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi “Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlarining shaffofligini taʼminlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 696-son Qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi “Ilmiy va innovatsion faoliyatni boshqarish tizimini tashkil etish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi 545-son Qarorlaridan kelib chiqadigan muhim vazifalar, talablar, imkoniyatlar toʻgʻrisida taqdimot qildi.



 

Yigʻilishda doktorantlar hamda magistratura talabalarini qiziqtirgan koʻplab savollarga javoblar olindi, kelgusida shu yoʻnalishdagi hamkorlik yoʻnalishlari kelishib olindi.

 

12:57 / 2022-04-06
Success helper
Success warning