Malayziyaning Terenganu universiteti vakillari bilan uchrashuv

Malayziyaning Terenganu universiteti vakillari bilan uchrashuv

 

Joriy yilning 8-sentabr kuni Toshkent moliya institutida Malayziyaning Terenganu universiteti (Universiti Malaysia Terengganu) professor-o‘qituvchilaridan tashkil topgan delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.









 


 

Mazkur uchrashuvda institut xalqaro hamkorlik bo‘limi, Axborot tizimlari va raqamli texnologiyalar kafedrasi, Iqtisodiyot hamda Soliq va soliqqa tortish fakultetlari ma’sullari bilan Malayziyaning Terenganu universiteti professor Noor Zatul Iffah  Binti Hussin, professor Ahmad  Nazri Bin Dagang hamda professor Zainidin Eshkuvatovlar ishtirok etishdi.





​​​​​​

 

Uchrashuv davomida delegatsiya aʼzolari institut vakillari bilan kelgusida Terenganu universiteti bilan istiqboldagi taʼlim va ilmiy jarayondagi amaliy faoliyatlarini tashkil etish kabi muhim masalalar muhokama etildi.

19:00 / 2023-09-08
Success helper
Success warning