Institutning xalqaro doiradagi ilmiy tadqiqot va hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Institutning xalqaro doiradagi ilmiy tadqiqot va hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Toshkent moliya institutining xalqaro hamkorlik doirasidagi ilmiy tadqiqot va hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanib bormoqda. Xorijiy aloqalar davomida institut qator xalqaro oliy taʼlim muassasalari bilan yuqori saviyadagi hamkorlik aloqalarini olib bormoqda. 

 

Mazkur hamkorlik aloqalariga koʻra, joriy yilning 25-28-aprel kunlari Ural davlat iqtisodiyot universitetida XIII Yevrosiyo yoshlar iqtisodiy forumi boʻlib oʻtmoqda. 

 

Forumda institutimiz vakillari ham ishtirok etishmoqda. 

 

Forum doirasida Toshkent moliya instituti rektori T.Teshabayev Ural davlat iqtisodiyot universiteti faxriy professori unvoni bilan taqdirlandi hamda Institutimiz Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor A.Islamkulov, “Digital finance”  Inkubatsiya va akseleratsiya markazi direktori N.Kasimovalarga Xorijiy tashrif buyuruvchi professor unvonlari berildi.

 

 

 

 

 

 

Mazkur yuqori darajadagi unvon bilan Toshkent moliya instituti jamoasi vakillarimizni samimiy qutlaydi.

15:40 / 2023-04-25
Success helper
Success warning