Usmon Nosir – istiqlol fidoyisi

Usmon Nosir – istiqlol fidoyisi

Joriy yilning 14-mart kuni Toshkent moliya instituti Oʻzbek va rus tillari kafedrasi tashabbusi bilan shoir Usmon Nosir tavalludining 110-yilligiga bagʻishlangan Usmon Nosir istiqlol fidoyisi” mavzusida adabiy - maʼrifiy anjuman oʻtkazildi.

 

Unda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Zuhriddin Isomiddinov, OʻzFA Til, adabiyot va folklor instituti yetakchi ilmiy xodimi, adabiyotshunos olim Rahmatulla Barakayev, Oʻzbek va rus tillari kafedrasi professor-oʻqituvchilari, institut talaba-yoshlari qatnashdilar.

 

 

Soʻzga chiqqanlar Usmon Nosir sheʼriyati, avvalo, hayotiyligi, jozibadorligi va isyonkorligi, ayni chogʻda sodda va ravonligi bilan kitobxon qalbidan chuqur oʻrin olganligi, tarjima sohasidagi xizmati ham bebaholigi haqida aytib oʻtishdi.

 

Uning tarjimasida Pushkinning “Bochasaroy fontani”, Lermontovning “Demon” (“Iblis”) dostonlari oʻzbek kitobxonlarining qalbiga yetib borgan.

 

Joʻshqin isteʼdod egasi Usmon Nosirning asarlari hamisha kishini hayajonga solgan. Usmon Nosir qatagʻon davrining qurbonlaridan biri sifatida yosh umrini shoʻro lagerlarida azob-uqubatda oʻtkazib, tutqunlikda 1944-yili vafot etgan.

 

 

Adabiy - maʼrifiy anjumanda talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

 

13:07 / 2022-03-16
Success helper
Success warning