Malayziyaning Utara universiteti delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 15-sentabr kuni Toshkent moliya institutida Malayziyaning Utara universiteti (Universiti Utara Malaysia) professor-o‘qituvchilaridan tashkil topgan delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor Islamkulov.A, O’quv ishlari bo’yicha prorektor Mehmonov.S va institut Xalqaro hamkorlik bo‘limi bilan Malayziyaning Utara universiteti professori Shahimi Mohtar, dotsenti Mohd Sobri Don va Mohd Yazid ishtirok etishdi.
Uchrashuvda malakali kadrlar tayyorlashda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish, ikki oliygoh o‘rtasidagi istiqboldagi taʼlim va ilmiy jarayondagi amaliy faoliyatlarini tashkil etish kabi muhim masalalar muhokama etildi. Xususan, kelgusida Toshkent moliya institutida “Islom moliyasi” qo’shma ta’lim dasturini yo’lga qo’yish hamda ikki oliy taʼlim muassasalari o‘rtasida taʼlim, almashinuv dasturlari, ilmiy tadqiqotlar va boshqa tegishli sohalarda ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida fikr yuritildi.