O’zbekiston Respublikasi kapital bozori” loyihasi
“Korporativ moliya va qimmatli qog’ozlar” kafedrasi dotsenti N.Tursunova tomonidan “O’zbekiston Respublikasi kapital bozori” loyihasini umumiy o’rta ta’lim maktablarida amalga oshirish maqsadida joriy yilning 14-mart kuni Toshkent shahar Yunusobod tumani 43-sonli maktabning 11-sinf o’quvchilari uchun “Moliyaviy savodxonlik” darsi tashkil etildi. Darsda o’quvchilarga kapital bozori to’g’risida umumiy tushunchalar va iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyati tushuntirildi. Dars jarayonida o‘quvchilar faol tarzda qatnashib, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar oldilar.