Institutning “O‘zbekinvest” kompaniyasi bilan hamkorligi yangi formatda davom etmoqda

Institutning “O‘zbekinvest” kompaniyasi bilan hamkorligi yangi formatda davom etmoqda

Ma’lumki, 2023-yil 28-sentabr kuni “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasida “Sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasining to‘liq ta’mirdan chiqarilgan va zamonaviy jihozlangan o‘quv xonasi foydalanishga topshirilgan edi.

 

 

Ta’lim va amaliyot o‘rtasidagi hamkorlikning yorqin namunasi bo‘lgan kafedra filialida 2023-yil sentabr-dekabr oylari uchun mo‘ljallangan o‘quv mashg‘ulotlari rejasiga muvofiq joriy yil 4-noyabr kuni navbatdagi amaliy dars mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

 

 

“O‘zbekinvest” kompaniyasi qayta sug‘urtalash va xalqaro aloqalar departamenti menejeri Sh.Xabibullaev talabalarga “Kompaniyaning qayta sug‘urtalash faoliyati va xorijiy qayta sug‘urta kompaniyalari tajribasi” mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tkazdi. Dars jarayonida talabalarga bugungi kunda “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasining qayta sug‘urtalash bo‘yicha xalqaro va milliy hamkorlari, qayta sug‘urtalashni amalga oshirish va amaliyoti yuzasidan oddiy va sodda tilda ma’lumotlar berildi.

 

 

Amaliy mashg‘ulot darslarida “Sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasi dotsenti N.Yakubova boshchiligida Soliqlar va sug‘urta fakulteti, 1-kurs, SS-63 guruhi talabalari ishtirok etdi.

 

So‘nggi so‘z o‘rnida aytish kerakki, “Sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasining “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasida bo‘lib dars mashg‘ulotlari talaba-yoshlarda katta qiziqish bilan kutib olinmoqda. Institut rahbariyati bilan kelishgan holda kafedra bundan keyin ham ushbu nufuzli kompaniya bilan yangi loyihalar va yo‘nalishlarda hamkorlikni yuqori bosqichda davom ettirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

18:03 / 2023-11-04
Success helper
Success warning