Yuksak g‘urur, ulkan jasorat, cheksiz faxr: Vatan himoyasi muqaddas burchdir

Yuksak g‘urur, ulkan jasorat, cheksiz faxr: Vatan himoyasi muqaddas burchdir

 

Bugungi kunda Vatanni himoya qilish yoshi, faoliyat sohasi va kasbidan qat’iy nazar har bir fuqaroning chinakam sharafli burchidir va aynan shu sababli respublikada "Vatan himoyachilari kuni" bayramini keng nishonlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 

 

 

 

 





Joriy yilning 12-yanvar kuni Toshkent moliya institutida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda "Vatan himoyachilari kuni" bayrami munosabati bilan bayram-tadbiri tashkil etildi.

 

 

 

 

 

 

 

Unda institut rahbariyati, harbiy soha vakillari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, elimiz suygan san’atkorlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

 

 

 

 

 

 

 

Tadbir avvalida Yunusobod tuman IIB va Toshkent shahar bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi tomonidan harbiy jangovar texnik ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng tadbirning badiiy qismiga start berildi.

 

 

 

 

Harbiy orkestr, institut harbiy kafedra kursantlari, Temurbeklar maktabi va Aloqa harbiy universiteti kursantlarining sahna ko‘rinishlari, talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan turli badiiy chiqishlar hamda shou-biznes vakillari tomonidan ijro qilingan kuy-qo‘shiqlar barchaga unutilmas bayram kayfiyatini ulashdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Yoshlarni ona Vatanga sadoqat, mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash, ularning ongida milliy g‘urur kabi tuyg‘ularni yanada kuchaytirishda tashkil etilgan bu kabi tadbirlarning ahamiyati beqiyos ekanligini alohida qayd etish lozim.

16:45 / 2024-01-12
Success helper
Success warning