Institut vakillari amaliy tashrif bilan Polosk davlat universitetida
Ayni kunlarda Toshkent moliya institutining bir guruh professor-oʻqituvchilari va xodimlari amaliy tashrif bilan Belarus Respublikasining Polosk davlat universitetida boʻlib turibdi.
Tashrifdan koʻzlangan maqsad — malaka oshirish, xorij taʼlim tizimi bilan tanishish, fikr-almashish, hamkor universitetda talaba-yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarni oʻrganish.