Vulverxempton universiteti bilan hamkorlik masalalari muhokama etildi

Vulverxempton universiteti bilan hamkorlik masalalari muhokama etildi

 

Xabar berganimizdek, institut vakillari 27-30-noyabr kunlari London shahrida O‘zbekiston-Britaniya savdo-sanoat kengashining (“UBTIC – Uzbek-British Trade & Industry Council”) 27-yig‘ilishida ishtirok etmoqda.

 

Ushbu yig‘ilish doirasida TMI Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori A.Islamkulov Buyuk Britaniyaning Vulverxempton shahrida joylashgan Vulverxempton universitetiga tashrif buyurdi.  Vulverxempton universiteti Markaziy Osiyo bo‘yicha koordinatori, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor o‘rinbosari Adam Yardley bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

 

 

 

 

Ma’lumot uchun aytib o‘tamiz, universitet Buyuk Britaniyadagi qadimiy oliygohlardan biri hisoblanib, 1932-yilda tashkil etilgan. Vulverxempton universiteti o‘z fanlari va ta’lim dasturlari ko‘lami jihatidan keng qamrovli muassasa hisoblanadi. Oliygohdan bugungi kunda 14 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda. Universitet “The World University Rankings”da 601-800 o‘rinni, “QS World University Rankings”da 1001-1200 o‘rinni, “Europe University Rankings - Northern Europe (Shimoliy Yevropa)”da 126 o‘rinni egallab turibdi. 

Oliygohning ingliz tilida o‘qitiladigan iqtisod-moliya sohasiga oid dasturlari mavjud. Xususan, Biznes va iqtisodiyot fakulteti tarkibidagi “Buxgalteriya va moliya”, “Biznes va menejment”, “Iqtisod va ekonometriya” kabi ta’lim yo‘nalishlari shular jumlasidandir.

 

20:59 / 2023-11-30
Success helper
Success warning