Institut professor-o'qituvchilari Polotsk davlat universitetiga dars mashg‘ulotlarini olib borish uchun yetib borishdi

Institut professor-o'qituvchilari Polotsk davlat universitetiga dars mashg‘ulotlarini olib borish uchun yetib borishdi

Toshkent moliya instituti Qo‘shma fakultetining “Umumiqtisodiy fanlar” kafedrasi mudiri Zaripov Xusan Baxodirovich hamda kafedra katta o‘qituvchisi Axmedova Gulmira Turabbayevna amaldagi o‘quv reja asosida 2023-yilning 7-dekabrida Belarus Respublikasining Polotsk davlat universitetiga dars mashg‘ulotlarini olib borish uchun yetib kelishdi.

 

 

 

 

Xizmat safarining dastlabki kunida Polotsk davlat universitetining “Moliya-iqtisod” fakulteti dekani Pozdnyakova Irina Aleksandrovna hamda “Buxgalteriya hisobi, moliyaviy logistika va menejment” kafedrasi mudiri Maley Yelena Borisovna bilan hamkorlikda qo‘shma dastur asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan o‘quv-uslubiy hujjatlarni yana bir bor ko‘rib chiqishdi, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha kelishib olishdi.

 

So‘ngra milliy an’analariga sodiq bo‘lgan holda esdalik sovg‘alarni ulashishdi.

 

“Umumiqtisodiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilarining xizmat safari davom etmoqda.

13:59 / 2023-12-09
Success helper
Success warning