Institut Xotin-qizlar maslahat kengashi yangi tarkibda ish boshladi
Joriy yil 2-noyabr kuni institut Xotin-qizlar maslahat kengashi yangi tarkibda o‘zining birinchi yig‘ilishini o‘tkazdi. Unda institut rektori T.Teshabayev, yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor K.Karimova ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Kengash faoliyatining “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish, talaba-qizlar va ayol pedagog xodimlar bilan tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish borasidagi Xotin-qizlar maslahat kengashining oldidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.