Institut vakillari “WORLD EDU -2023” xalqaro koʻrgazmasida ishtirok etishmoqda

Institut vakillari “WORLD EDU -2023” xalqaro koʻrgazmasida ishtirok etishmoqda

“Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” dasturi doirasida  joriy yilning 11-12-may kunlari Samarqand viloyatining Jomboy tumanida “WORLD EDU -2023” xalqaro koʻrgazmasi oʻtkazilmoqda. 


Ushbu koʻrgazmada Toshkent moliya institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori A.Islamkulov boshchiligida Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻlimi boshligʻi N.Mavlanov, Marketing va talabalar amaliyoti  boʻlimi boshligʻi Oʻ.Doʻsboyev va Inkubatsiya va akseleratsiya markazi bosh mutaxassisi S.Abduazimovlardan iborat  jamoa ishtirok etmoqda.

13:03 / 2023-05-11
Success helper
Success warning