Institut vakillari “WORLD EDU -2023” xalqaro koʻrgazmasida ishtirok etishdi

Institut vakillari “WORLD EDU -2023” xalqaro koʻrgazmasida ishtirok etishdi

“Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” dasturi doirasida  joriy yilning 11-12-may kunlari Samarqand viloyatining Jomboy tumanida “WORLD EDU - 2023” xalqaro koʻrgazmasi oʻtkazildi. 

 

Xalqaro koʻrgazmada Toshkent moliya instituti jamoasi ham oʻz stendlari bilan faol ishtirok etdi. Institut jamoasi ishtirokchilarga institutga taʼlim olishga yaratilgan sharoit, mavjud imkoniyatlar, institut talabalarining erishilgan yutuqlari, moddiy-texnika baza, mavjud bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha maʼlumotlar berildi. Shuningdek, koʻrgazmada ishtirok etgan oliy taʼlim tashkilotlari vakillari bilan muloqot qilinib, nashr etilgan darslik, oʻquv qoʻllanma va monografiyalar taqdimoti oʻtkazildi. 

 

 

 

Yoshlarni qiziqqan sohalar va kasbiy  rivojlanish yoʻnalishini tanlash imkoniyatlari borasida koʻrsatmalar berildi. 

 

 

 

 

 

Koʻrgazma yakunida 70 dan ortiq Oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida Toshkent moliya instituti jamoasiga “Eng faol qatnashuvchi” nominatsiya boʻyicha tashakkurnoma taqdim etildi.

13:12 / 2023-05-15
Success helper
Success warning