“Davlat moliyaviy nazorati va auditini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi

“Davlat moliyaviy nazorati va auditini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi

2023-yil 30-may kuni Toshkent moliya institutida Ozbekiston Respublikasi Hisob palatasi hamda Toshkent moliya instituti hamkorligida “Davlat moliyaviy nazorati va auditini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.




 

 

Anjuman 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsadlarga erishish, moliya sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha strategik vazifalarni belgilab olish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi doirasida oliy taʼlimni modernizatsiya qilish, ilmiy salohiyatni oshirish, taʼlim va fanni rivojlantirish yoʻlida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil qilindi.

 

 


 

 

 

 






 

Anjumanning asosiy maqsadi Davlat moliyaviy nazorati tizimini isloh etish masalalari; byudjet mablag‘laridan samarali foydalnishda auditni tashkil etish va rivojlantirish yo‘nalishlari;; davlat xaridlari tizimini amalga oshirishda g‘aznachilikning roli va ahamiyati; davlat moliyasini boshqarish va nazoratini amalga oshirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish istiqbollari boʻyicha xalqaro miqyosda olimlar va mutaxassislarni jalb qilgan holda dolzarb muammolarni muhokama qilish va ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.















 

 

Xalqaro anjuman faoliyatida mahalliy oliy taʼlim tashkilotlari professor oqituvchilari hamda talabalari bilan bir qatorda, Amerika Qoʻshma Shtatlari, Ispaniya, Rossiya Federatsiyasi, Polsha, Hindiston, Qozogʻiston va boshqa davlatlar iqtisodchi olimlari, ilmiy izlanuvchilari va iqtidorli talabalar ishtirok etishdi. Shuningdek, anjuman ishida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari, xususan, O’zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Hisob palatasi, O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi davlat moliyaviy nazorati, davlat xaridlari tizimi hamda byudjet tashkilotlarida ichki audit faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish masalalari borasidagi ilmiy maʼruzalari bilan ishtirok etdilar.

 

17:43 / 2023-05-30
Success helper
Success warning