Toshkent moliya institutining ilmiy elektron jurnali xalqaro miqyosida tan olindi!
Toshkent moliya institutining “Xalqaro moliya va hisob” ilmiy elektron jurnalini rivojlantirish, xalqaro miqyosda uning nufuzini oshirish bo'yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida mazkur jurnal xalqaro SJIF (Scientific Journal Impact Factor) platformasiga kiritildi va jurnalning Impact Factori (SJIF 2022) 4,322 ga teng deb ijobiy baholandi.
Yaqin istiqbolda ushbu jurnalda chop etiladigan maqolalarning iqtiboslik darajasini oshirish maqsadida xalqaro miqyosda tan olingan boshqa ilmiy ma'lumotlar bazalariga kiritish bo'yicha amaliy ishlar davom etmoqda.
13:09 / 2022-07-02