TMI “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi ishtirokida rus tilini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro grantda (RF) qatnashish

TMI “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi ishtirokida rus tilini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro grantda (RF) qatnashish

Rossiya Federatsiyasi Ta'lim va fan vazirligi "Rus tilida ochiq ta'lim va chet elda rus tilini o'qitish markazlari tarmog'ini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish" granti uchun tanlov e'lon qildi.

Toshkent moliya instituti va Pitirim Sorokin nomidagi Siktivkar davlat universiteti (SDU) oʻrtasida 2022-yil fevral oyida shartnoma imzolandi. Shartnoma asosida tanlovda ishtirok etish amalga oshiriladi.

TMI “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi (O‘zbekiston Respublikasi) Pitirim Sorokin nomidagi SDU bilan birgalikda (RF) xalqaro grant olish uchun ariza topshirdi.





2022-yil 2-may kuni “Begona boʻlmagan slavyan tili” loyihasi va “Slavyan madaniy kodi” festivali doirasida Pitirima Sorokin nomidagi Siktyvkar davlat universiteti (SDU) Millatlararo hamkorlik markazi rahbari f.f.n., dotsent  V.A.Maltseva  ishtirokida  bir qator tadbirlar o'tkazildi. O‘zbek va rus tillari kafedrasi o‘qituvchilari hamda  loyiha ishtirokchilari bilan loyiha doirasida  amalga oshiriladigan ishlar  2022-yil 01.09 -25.12 kunlariga mo‘ljallangan.

Loyiha MDH davlatlaridan birida rus tilida ochiq ta’lim va rus tilini o‘rgatuvchi markazlar faoliyatini ta’minlashni nazarda tutadi.

Rossiya Federatsiya Ta'lim va fan vazirligi 2014-yil 29-avgustdagi va unga texnik talablar buyrug'i bilan tasdiqlangan shaklda kamida 300 chet el fuqarolari (talabalar) bepul asosda tegishli nominal sertifikat olishadi.



Shuningdek, loyiha doirasida qoʻshimcha taʼlim dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish, jumladan, kadrlar bilan taʼminlash, binolar va zarur oʻquv-uslubiy, moddiy-texnikaviy, apparat-dasturiy jihozlar bilan  taʼminlanishi kerak.

 

19:05 / 2022-05-05
Success helper
Success warning