Xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi
2023-yil 18-noyabr kuni Toshkent moliya institutida Ural davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son “O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi, 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillardagi Taraqqiyot Strategiyasi to‘g‘risida”gi, 2020-yil 12-maydagi PF-5992-son “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonlarida belgilangan ustuvor maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda “O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi bank tizimida omonatlarni kafolatlashning zamonaviy mexanizmlari” mavzusidagi xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki moliyaviy barqarorlik departamenti direktori R.D.Maxammadiev, “Omonatlarni sug‘urtalash agentligi” davlat korporatsiyasi bosh direktorining o‘rinbosari N.V.Fedorova, AT Xalq banki Strategiya departamenti direktori D.P.Sharipov, Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi direktori N.I.Abbosov, “Tenge Bank” ATB Boshqaruv Raisi o‘rinbosari U.U.Tavakkalov, “ANOR BANK” AJ Korporativ biznes departamenti direktori o‘rinbosari R.G.Usmanov, Toshkent moliya institut Bank ishi kafedrasi professori, i.f.d., professor A.A.Omonovlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Shu bilan birga tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari xodimlari, xorijiy va mahalliy professor-o‘qituvchilar, ilmiy-tadqiqotchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Bank tizimida islohotlarni jadallashtirish, bank xizmati ko‘rsatishni modernizatsiya qilish, banklarning samarali infratuzilmasini yaratish va faoliyatini avtomatlashtirish, davlat ulushi mavjud tijorat banklarini kompleks transformatsiya qilish, bank ishining zamonaviy standartlarini, axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish, kreditlash va bank omonatlari hajmini oshirish, bank omonatlarini himoyalashni kafolatlashni takomillashtirish, banklarni xususiylashtirish, nufuzli chet el banklarini jalb qilish, banklarga xalqaro tan olingan minimal standart va talablar asosida prudensial me’yorlar va nazorat bazalarini takomillashtirish, tijorat banklarida islom moliyasi mezon va tartiblarini joriy etish, bank xizmatlari ommabopligini oshirish kabi muhim masalalar muhokama etildi hamda tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.