TMI ilmiy jamoasi xalqaro iqtisodiy jarayonlari bilan tanishmoqda
Xabar qilganimizdek, Toshkent moliya instituti professor-oʻqituvchilaridan tashkil topgan ilmiy jamoa Chexiya Respublikasi Praga shahrida joylashgan Yevropa amaliy fanlar va menejment institutida oʻz malakalarini oshirmoqdalar.
Institutimiz professor-o'qituvchilari Yevropa amaliy fanlar va menejment institutining ilmiy va o'quv jarayoni bilan bevosita tanishmoqdalar va institut mutaxassislari bilan fikr-mulohaza alishmoqdalar.
Xususan, mutaxassislar tomonidan bugungi kundagi Chexiya Respublikasining iqtisodiyoti, mamlakatdagi infilatsiya jarayoni haqida batafsil ma'lumotlar taqdim etishdi.