Institut vakillari “Sifatli taʼlim va innovatsiyalar – barqaror kelajak asosi” mavzusida xalqaro konferensiyada ishtirok etishdi

Institut vakillari “Sifatli taʼlim va innovatsiyalar – barqaror kelajak asosi” mavzusida xalqaro konferensiyada ishtirok etishdi


Bugun, Toshkent shahridagi Event Hall tadbirlar zalida “Yangi Oʻzbekiston: taraqqiyot, innovasiya va maʼrifat” mavzusidagi xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Sifatli taʼlim va innovatsiyalar – barqaror kelajak asosi” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi. 












 

Unda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor A.Islamkulov boshchiligidagi institut vakillari ham ishtirok etishdi. Shuningdek, jahon hamjamiyatining diqqat-eʼtiborini tortgan mazkur nufuzli xalqaro anjumanda dunyoning qariyb barcha qitʼasidan, yaʼni 60 dan ziyod  mamlakatdan 450 dan ortiq davlat va siyosat arboblari,  yirik biznes vakillari, ekspertlari, qator xalqaro tashkilotlarning vakillari qatnashishdi.
 

10:30 / 2023-07-06
Success helper
Success warning