O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi hamda Toshkent moliya instituti hamkorligida tashkil etilayotgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi hamda Toshkent moliya instituti hamkorligida tashkil etilayotgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya


Toshkent moliya instituti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan hamkorlikda 2023-yil 30-may kuni “Davlat moliyaviy nazorati va auditini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Konferensiyada muhokama qilinadigan ilmiy-amaliy yo‘nalishlar:

1-seksiya.

Davlat moliyaviy nazorati tizimini isloh etish masalalari;

2-seksiya.

Byudjet mablag‘laridan samarali foydalnishda auditni tashkil etish va rivojlantirish yo‘nalishlari;

3-seksiya.

Davlat xaridlari tizimini amalga oshirishda g‘aznachilikning roli va ahamiyati;

4-seksiya.

Davlat moliyasini boshqarish va nazoratini amalga oshirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish istiqbollari. Konferensiyada soha mutaxassislari, iqtisodchi olimlar, professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar va iqtidorli talabalar ilmiy maqola hamda tezislari bilan qatnashishlari mumkin. Mazkur ilmiy-amaliy konferensiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, O‘zbekiston Auditorlar palatasi, yetakchi xorijiy va mahalliy oliy ta’lim muassasalari, respublikada faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning ishtiroki rejalashtirilmoqda.

Konferensiyaga taqdim etiladigan ilmiy maqola va tezislarni rasmiylashtirilishga talablar:

1. Ilmiy maqola va tezislar o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. Maqola va tezislar 3 sahifadan kam bo’lmagan hajmda, elektron variantda +998935811228, +998997074321 telegram raqamlari orqali qabul qilinadi. byudjet_gazna@tfi.uz

2. Maqola va tezis matni 1,5 intervalda (chapdan 3 sm, yuqoridan 2,0 sm, quyidan 2,0 sm, oʻngdan 1,5 sm), kompyuterning Microsoft Word matn muharriri Times New Roman shriftda 14 kegelda yozilishi lozim. Ushbu talablarga javob bermaydigan ilmiy maqola va tezislar qabul qilinmaydi. Matnda foydalanilgan misol, ko‘chirma va ma’lumotlar aniqligi uchun javobgarlik muallif zimmasida bo‘ladi.

3. Mavzu (bosh harflar bilan), bir interval quyidan muallif(lar)ning F.I.Sh., lavozimi, tashkilot nomi va elektron pochta manzillari ko‘rsatiladi. Ilmiy maqola va tezislar 2023-yil 25-mayga qadar qabul qilinadi, belgilangan muddatdan kech topshirilgan, konferensiya mavzusiga va bayon etilgan talablarga mos kelmagan ilmiy maqola va tezislar qabul qilinmaydi.


Konferensiyada ishtirok etish uchun tashkiliy to‘lov materialning har bir sahifasi uchun 20 000 so‘m etib belgilangan, bu tadbirga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish uchun xarajatlarni qoplashga qaratilgan. To‘lov tezislar ko‘rib chiqilib va tasdiqlangandan keyin amalga oshiriladi.

Konferensiyani o‘tkazish uchun mas’ul: Toshkent moliya instituti “Byudjet hisobi va g‘aznachilik ishi” kafedrasi. Ishtirok etuvchilar ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun tashkiliy ishlar bo‘yicha mas’ullar:

Abdurasulov Murodjon +998935811228

Inoyatov Mardonbek +998997074321

byudjet_gazna@tfi.uz Toshkent shahri, A.Temur koʻchasi, 60a-uy, Toshkent moliya instituti.

 

14:35 / 2023-05-29
Success helper
Success warning