Institut dotsenti amaliy tashrif bilan Latviya universitetida 

Institut dotsenti amaliy tashrif bilan Latviya universitetida 

 

Joriy yilning 9-may kuni Toshkent moliya instituti, “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi dotsenti, i.f.n. Raimjanova Madina Asrarovna Latviya davlatining Yelgava shahridagi Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalar universitetining “Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlanish fakulteti” fakulteti tomonidan tashkil etilgan “10th International Week 2023 at the Faculty of Economics and Social Development” xalqaro haftalikda ishtirok etdi. 








M. Raimjanova mazkur universitet rektori Irina Pilvere bilan uchrashib, institutimiz ta'lim jarayoni, ilmiy faoliyat doirasida olib borilayotgan amaliy ishlar xususida mezbonlarga atroflicha ma'lumot berdi. Shuningdek, uchrashuvda ilmiy faoliyat hamda salohiyatni yanada kengaytirish bo'yicha fikr-mulohazalar almashinildi.
 

12:44 / 2023-05-11
Success helper
Success warning