Xalqaro konferensiyalar ilm-fan taraqqiyotiga xizmat qilmoqda

Xalqaro konferensiyalar ilm-fan taraqqiyotiga xizmat qilmoqda

Institutda 2022-yil 11-noyabr kuni “Menejment va marketing” kafedrasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-martdagi 101-F- son farmoyishi asosida Ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashda innovatsion menejment: muammo va yechimlar” mavzusida Xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy Konferensiya boʻlib oʻtdi.

 

Ushbu tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, nufuzli xorijiy OTMlari professor oʻqituvchilari hamda iqtisodchi olimlar, Akademiklar, soha mutaxassislari, mustaqil izlanuvchilar, tayanch doktorantlar hamda iqtidorli talabalar ishtirok etishdilar.

 

Konferensiyaning ochilish qismida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi, i.f.d., professor. Gʻulomov Saidaxror Saidaxmedovich,  Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati, i.f.d., professor, Jumayev Nodir Xosiyatovich,  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi “Menejment nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi mudiri i.f.d., professor Raximova Dilfuza Nigmatovna,  G.V.Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot Universiteti Toshkent shahar filiali professori. i.f.d., Islamov Baxtiyor Anvarovich, Hindiston Menejmentni rivojlantirish departamenti direktori PhD. Binoy Joy Kattadiyil (Binoy Joy Kattadiyil), Avstraliyaning Kertin universiteti (Curtin University) dotsenti Osaro Aigbogun, IIV Akademiyasi professori, i.f.d., polkovnik Qobilov Sharif Raximovich, Toshkent xalqaro vestminstr universiteti kafedra mudiri PhD. Kiran Prabha, TMI “Menejment va marketing” kafedrasi mudiri DSc. Allayarov Shamsiddin Amanullayevich hamda TMI Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) mutaxassisligi M-5 – guruhi magistiranti Husanov Azimjon Nozimjonovichlar oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etishdi. Maʼruzalar juda mazmunli va fikr mulohazalarga boy tarzda boʻlib oʻtdi.

 

 

 

 

Kunning ikkinchi yarmida anjuman quyidagi ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha shoʻbalarda davom etdi:

  • Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishning konseptual jihatlari.

 

  • Innovatsion menejment nazariyasiga zamonaviy qarashlar va konsepsiyalar.

 

  • Zamonaviy menejment: muammo va yechimlar.

 

  • Iqtisodiy-moliyaviy barqarorlikni taʼminlashda innovatsion menejment va uning xalqaro tajribalari.

 

  • Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish va boshqarish istiqbollari.

 

Konferensiya davomida ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashda, mamlakat taraqqiyotini yuksaltirishda innovatsion menejmentga doir masalalar tahlil qilindi va ular yuzasidan tegishli taklif-tavsiyalar ishlab chiqildi.

11:29 / 2022-11-16
Success helper
Success warning