"Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” ga bag`ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

"Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” ga bag`ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning  6-dekabr kuni Toshkent moliya institutida 9-dekabr “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” ga bag`ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. 

 

Unda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi professori, polkovnik Sh.R.Qobilov, institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor S.U.Mexmonov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i S.R.Darvishov, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar qatnashdi.

 

 

Professor Sh.R.Qobilov korrupsiya va uning kelib chiqish omillari, unga qarshi kurashish chora-tadbirlari, bu borada Respublikada amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlar xususida to'xtalib o'tdi.

 

 

 

Shuningdek, tadbir davomida prof. SH.R.Qobilov tomonidan faol qatnashgan iqtidorli talabalarga mualliflik kitoblaridan sovg‘a qildi.

 

 

Tadbirni Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i S.R.Darvishov, professor SH.R.Qobilovga institut rahbariyati nomidan o‘zaro hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirib tadbirni yopib berdi.

 

 

Mazkur uchrashuv qiziqarli fakt va savol-javoblarga boy tarzda o'tkazildi.

20:37 / 2022-12-06
Success helper
Success warning