Toshkent moliya institutida xalqaro loyihaning yopilish marosimi boʻlib oʻtdi

Toshkent moliya institutida xalqaro loyihaning yopilish marosimi boʻlib oʻtdi

Rossiya Federatsiyasi Taʼlim va fan vazirligi "Rus tilida ochiq taʼlim va chet elda rus tilini o‘qitish markazlari tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish" granti uchun tanlov eʼlon qilingan bo‘lib, muvaffaqiyatli o‘tildi.

 

2022-yil fevral oyida Toshkent moliya instituti va Pitirim Sorokin nomidagi Siktvkar davlat universiteti o‘rtasida (SDU) shartnoma imzolandi, uning asosida loyihada ishtirok etish amalga oshirildi va 2022-yil 12-sentyabr kuni Toshkent moliya instituti negizida  rus tilida o‘qitish va rus tilini o‘qitish bo‘yicha Ochiq taʼlim markazi ochildi.

 

Ushbu loyiha 01.09.2022 dan 15.12.2022 gacha rejalashtirilgan bo‘lib, muvaffaqiyatli yakunlandi.

 

 

 

 

 

 

 

SDU   va TMI  “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi  birgalikda xalqaro grantda ishtirok etish uchun ariza topshirdi va tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tilib, loyiha ishlari amalga oshirilib kelindi.

 

Loyiha rus tilida ochiq taʼlim markazi faoliyatini taʼminlash va 300 dan ortiq xorijiy fuqarolarga (talabalarga) Taʼlim vazirligi buyrug‘i bilan tasdiqlangan shakl bo‘yicha tegishli shaxsiy guvohnoma olgan holda rus tilini bepul o‘tash tashkil qilindi.    

 

Shuningdek, loyiha doirasida qo‘shimcha taʼlim dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish taʼminlandi.

 

 

 

2022-yil 15-dekabr kuni “Begona bo‘lmagan slavyan tili” loyihasi va “Slavyan madaniy kodeksi” festivali doirasida  Pitirim Sorokin nomidagi Siktvkar davlat universiteti (SDU) Millatlararo hamkorlik markazi rahbari filologiya fanlari nomzodi, dotsent V.A.Malseva “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi o‘qituvchilari,  maktab o‘quvchilari va loyiha ishtirokchilari bilan loyiha yopilishi marosimi  o‘tkazildi.

 

 

15:53 / 2022-12-15
Success helper
Success warning