Xalqaro marketolog - Dr. Ravi Prokash tashrifi
Menejment va marketing kafedrasi tashabbusi ostida institutga AQShning Texas universiteti professori Dr. Ravi Prokash tashrif buyurdi.
Xalqaro marketing fani bo’yicha mutaxassis 18-22-oktabr kunlari “Iqtisodiyot” fakulteti talabalari uchun “Xalqaro kompaniyalarning biznesini boshqarish strategiyasi”, “Xalqaro bozorda marketing tadqiqotlarini tashkil etish” hamda “Eksport tovar siyosati” mavzulari doirasida ma’ruzalar o’tdi.
Hafta davomida professor Prokash tomonidan kafedra professor o’qituvchilari uchun ham master-klass soatlari tashkil etildi.