Talabalarimiz Ural davlat iqtisodiyot universitetida boʻlib oʻtgan xalqaro tanlov gʻolibi boʻlishdi

Talabalarimiz Ural davlat iqtisodiyot universitetida boʻlib oʻtgan xalqaro tanlov gʻolibi boʻlishdi

Joriy yilning 24-28-aprel kunlari Ural davlat iqtisodiyot universitetida “Koʻp qutbli dunyo yangi voqelik diqqat markazida” XIII Yevroosiyo iqtisodiy yoshlar forumi doirasida “Innovatsion loyihalarning moliyaviy va investitsiya siyosatini shakllantirish va amalga oshirish” xalqaro tanlovi boʻlib oʻtdi.

 

Tanlovda 80 nafar ishtirokchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka sarmoya jalb etish boʻyicha biznes-rejalarni ishlab chiqdilar.

 

Quvonarlisi, mazkur xalqaro tanlovda Toshkent moliya instituti jamoasi – Beksulton Toʻlanboyev, Otabek Abdullayev va Nilufar Tojimuratova faxrli 3-oʻrinni egallashdi hamda 5 ming rubl miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanishdi. 








 

Mazkur yuqori natija bilan institut jamoasini, shuningdek, tanlovda faxrli oʻrinni egallagan talabalarimizni samimiy tabriklaymiz va kelgusi faoliyatiga ulkan zafarlar tilaymiz!

 

09:08 / 2023-05-15
Success helper
Success warning