RIVOJLANAYOTGAN DAVLATLAR REKTORLARI SEMINARI (XXR, Shenyan pedagogika universiteti)
Joriy yilning 25 oktyabridan 14 noyabriga qadar Xitoy Xalq Respublikasi Kommersiya vazirligi hamda Shenyan pedagogika universiteti tomonidan “Rivojlangan davlatlar rektorlari seminari” onlayn tarzda tashkil etildi. Unda O‘zbekiston, Tojikiston hamda Qozog‘iston Respublikalari OTMlaridan rahbar xodimlar hamda professor-o‘qituvchilar qatnashishdi.
Uch haftalik seminar o‘nlab qiziqarli mavzularni o‘z ichiga oldi. Seminar yuqori malakali ma’ruzachilar tomonidan aniq va professional tarzda olib borildi.
Seminarning yopilish marosimida O‘zbekiston hamda Tojikiston Respublikasi ishtirokchilariga so‘z berildi. Toshkent moliya institutining “Axborot tizimlari va raqamli texnologiyalar” kafedrasining professor-o‘qituvchilari to‘liq tarkibda ishtirok etib, Toshkent moliya institute nomidan kafedra mudiri, PhD, dotsent Mirzayev Dilshod Aminovich nutq so‘zladi. D.Mirzayevning chiqishi seminar tashkilotchilari, mutaxassislar hamda ishtirokchilar tomonidan yuqori baholandi.
Seminar 2019 yildan bo‘yon yilda bir marotaba an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinadi. Unda asosan MDH tarkibidagi rusiyzabon mamlakatlar, jumladan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Rossiya, Belarus davlatlaridan uchun tashkil etib boriladi.
Seminar so‘ngida Toshkent moliya instituti hamda Shenyan pedagogika universiteti o‘rtasida hamkotlik shartnomasi imzolandi.
Seminar ishtirokchilarini keyingi yilda tashkil etiladigan oflayin seminarga, Shenyan pedagogika universitetiga taklif qilishdi.
O‘tkazilgan seminar to‘g‘risida Shenyan pedagogika universiteti tomonidan internet saytlariga (https://cie.synu.edu.cn/2022/1115/c2593a84928/page.htm) ma’lumot joylashtirildi.