Xalqaro hamkorlik doirasidagi uchrashuv
Joriy yilning 27-noyabr kuni Toshkent moliya instituti va Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti o‘rtasida 2022-yilda imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida institut rektori T.Z.Teshabayev hamda Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti Axborot texnologiyalari instituti malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani A.I.Yashchuk o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot chog‘ida oliygohlar professor-o‘qituvchilarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik masalalari, shuningdek, TMI yuqori bosqich talabalari uchun Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti Axborot texnologiyalari instituti malaka oshirish va qayta tayyorlash fakultetida mutaxassisliklarni qayta tayyorlash imkoniyatlari xususida fikr almashinildi.